Sog‘lom turmush - sog‘lom kelajak

16.12.2021, 15:41

Sog‘lom turmush - sog‘lom kelajak

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” va “Yoshlar qanoti” hamkorligida Guliston tibbiyot kollejida ana shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Sog‘lom turmushni tashkil etishni hamma o‘z nazarida tushunadi. Ko‘pchilik yaxshi yeb-ichish, yaxshi sharoitda yashash, yaxshi kiyinishni sog‘lom turmush tarzi deb tushunishi sir emas. Biroq ma’naviyat, madaniyat, ma’rifat-turmushimizni farovon qilishi uchun asos ekanligini talabalarga eslatish uchun ham bu tadbirni o‘tkazishni niyat qilgandik. Albatta shu xislatlar mavjud bo‘lgan insonning kelajagi ham sog‘lom bo‘lishi tayin.

Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Bahor Xolbekova, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri aktrisasi Mavluda Mamattillaoxunovalar ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyat teatri yaqinda bo‘lib o‘tgan MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlar teatri festivali”da Chingiz Aytmatov asari “Momo yer” spektakli bilan qatnashdi. Respublika bo‘yicha faqat Sirdaryo viloyat teatri ishtirok etdi va festivalda 1-o‘rinni egaladi. Endi jamoa “Momo yer” spektaklini Rossiyada namoyish etishadi.

Mavluda Mamattillaoxunova “Momo yer” spektaklidan To‘lg‘anoy  va “Nodirabegim” spektaklidan Nodirabegim rolidan monolog o‘qidi. Talabalar diqqati bir zum sahnada jam bo‘ldi. Hammani o‘ziga jalb qilgan To‘lg‘onoy obrazi timsoli gavdalandi. Turmush o‘rtog‘i va uch farzandidan ayrilgan ayol faryodi urushning nidosi edi. Bir zum tin olgan davrada qarsak yangradi. Bu shukronalikka olqish edi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga O’zLiDeP viloyat Kengashining “Ayollar qanoti” bo‘limi boshlig‘i Nasiba Rustamova va “Yoshlar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i Xusan Jabborovlar partiya nomidan sovg‘alarni topshirdi.

O’zLiDep Sirdaryo viloyat kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+