O’zMU talaba yoshlari bilan muloqot qilindi

16.12.2021, 15:43

O’zMU talaba yoshlari bilan muloqot qilindi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputati Erkin Zahidov, tuman deputatlari, Toshkent shahar Kengashi faollari, universitet professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

– Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Mohiniso Farmonova. – Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik. Chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz.

Tadbir davomida partiyaviy loyihalar haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    416
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+