Vatan himoyasi – muqaddas burch!

11.01.2022, 16:30

Vatan himoyasi – muqaddas burch!

Vatan himoyachilari kuni oldidan o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida joylarda tashkil etilayotgan turli tadbirlar yurtdoshlarimizni vatanparvarlikka chorlash barobarida tinchligimiz va osuda osmonimiz qadriga yetishga undamoqda.

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati “Vatanim - O’zbekistonim sarhadlaring jonimdan aziz, har qarich yering nomusim orimdan aziz!” shiori ostida Xalq deputatlari Yangiariq tuman kengashi tomonidan tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman  Kengashi deputati Xushnud Egamberdiyev va tuman kengashi qoshida tashkil qilingan faxriylar kengashi faoli Islomboy Ruzmetovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirokchilar vatanparvarlik, yurtga fidoyilik fazilatlarini shakllantirishda buyuk ajdodlarimizning matonati hayotiy ibratga aylanganini e’tirof etishdi. To‘maris, Shiroq, Spitamen kabi xalq qahramonlarining mardligi, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi jahonni mangu hayratga solgan ajdodlarimizning hayoti va tarixiy qahramonliklari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir qatnashchilari mamlakatimizning Qurolli Kuchlari tizimida bugungi kunda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va uning ahamiyatini aniq misollar asosida tushuntirib, yoshlar o‘rtasida harbiy bo‘lishga intilish-ishtiyoq ortayotganiga e’tibor qaratishdi.

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

 mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1003
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+