Deputat mahallasiga yangi simyog‘och o‘rnattirdi

19.01.2022, 11:46

Deputat mahallasiga yangi simyog‘och o‘rnattirdi

Uzun tumanidagi “Yangiyo‘l” mahallasidagi simyog‘ochlar ancha eskirib qolgandi. Ba’zilari qo‘lbola usulda o‘rnatilgani bois, u yerda yashovchi aholi uchun xavfli edi. Shu bois ularni yangilash zarurati tug‘ildi.

Ushbu masala yuzasidan mahalla ahli tumandagi 10-saylov okrugidan saylangan O’zLiDeP tuman Kengashi deputati S.Rajabovaga murojaat qilishdi. Deputat darhol masalani ijobiy hal qilish uchun ishga kirishdi.

U deputatlik so‘rovi bilan tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Deputatning so‘rovnomalari besamar qolmadi. Mahalla hududidagi Shodlik ko‘chasiga 22 dona simyog‘ochlar o‘rnatildi.

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+