Paxtaobodda quyi bo‘g‘inlar soni ortyapti

21.01.2022, 15:35

Paxtaobodda quyi bo‘g‘inlar soni ortyapti

Ayni kunlarda O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan joylarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, yangi BPT tashkil etish hamda a’zolikka qabul qilish masalalari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday targ‘ibot tadbiri Paxtaobod tumanidagi  maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazildi.

Dastlabki tashrif tumandagi 3-MTT ga uyushtirildi. Muazzamxon O’rinboyeva rahbarlik qilayotgan mazkur muassasada 100 nafar ishchi-xodimlar 350 nafar bolajonlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Bugungi kunda ta’lim tashkilotida jami 19 ta guruh faoliyat yuritmoqda.

Olib borilgan muloqotlar natijasida muassasada partiyaning yangi boshlang‘ich tashkiloti tashkil etilib, partiya a’zolari safi 30 nafarga ko‘paydi. Quvonarlisi, yangi a’zolarning 26 nafarini yoshlar tashkil etadi.

Partiya mas’ul xodimlari va muassasa ishchilari ishtirok etgan tadbirda yaqindan hamkorlik qilish borasida o‘zaro kelishib olindi hamda partiya safiga qo‘shilgan yangi a’zolarga O`zLiDeP guvohnomalari topshirildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    200
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+