Deputatlar ehtiyojmand oilaga o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashdi
26.01.2022, 09:54
Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari T. Mahamadziyayev va G. Tuxtasinovalar ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida savobli ishga qo‘l urdi.
Deputatlar “Nurafshon” mahallasida istiqomat qiluvchi Matsaidova Dilnozaga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun tikuv atelesini ochilishiga ko‘maklashdi. Dilnozaning turmush o‘rtog‘i avtohalokat tufayli nogiron bo‘lib qolgan, 3 nafar voyaga yetmagan farzandini boqish uning zimmasida qoldi. Dilnoza og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolganligini xalq vakillariga murojaat qildi. Deputatlar Dilnoza Matsaidovani Bektemir tumanidagi bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tashkil etilgan bepul tikuv kurslariga o‘qitdi. Uch oy davomida o‘z kasbining ustasi bo‘lib chiqqandan so‘ng, unga 3 ta tikuv mashinasi olib berishga ko‘maklashildi.
Dilnoza tez fursatda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi. Hozirda uning qo‘l ostida 2 nafar ishsiz ayollar bandligi ta’minlandi.
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring