Chuvalchangdan biogomus o‘g‘it mahsulotini yetishtirayotgan sayhunobodlik tomorqachi mini klaster tashkil etmoqchi

02.02.2022, 16:53

Chuvalchangdan biogomus o‘g‘it mahsulotini yetishtirayotgan sayhunobodlik tomorqachi mini klaster tashkil etmoqchi

O’zLiDeP Sayhunobod tuman Kengashi vakillari partiya faoli, tadbirkor Dilmurod Abdurahmonovning tajribasini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida xonadonida tadbir tashkil qilindi. Tadbirkor  Kaliforniyadan olib kelgan “qizil yomg‘ir chuvalchanglari”dan biogomus o‘g‘it-mahsulotini yetishtirish jarayoni bilan tanishtirdi.

-Dastlab 3 kv.metr joyni chuvalchang yetishtirishga moslashtirib oldik. Bunga 5 million so‘m sarflandi, - dedi tadbirkor. -Mehnatning yengili bo‘lmaydi, tajribangiz oshib, daromad ko‘zga ko‘ringanda, albatta yana g‘oyalaringiz ko‘payib boradi. To‘rt nafar ishchi o‘rni yaratib, besh oy mobaynida 20 mln.so‘m sof daromad olganmiz. Bugungi kunda biogomus ishlab chiqarish maydoni hajmi 60 kv.metrdan ortiq bo‘lib, yil yakuniga qadar 120 mln.so‘m sof daromad olishni rejalashtirayapmiz.

Tadbirkor kelgusida o‘z tomorqasida chuvalchang yetishtirish bo‘yicha mini klaster tashkil etmoqchi. Shuning barobarida 15 nafar ishchi o‘rni yaratish imkoniyati bo‘ladi. Tadbirda ishtirok etgan yoshlarga bajonidil tajribasini o‘rgatishni ta’kidladi. U ijtimoiy tarmoqda tadbirkorlik faoliyatini yorituvchi telegramm kanali tashkil etganligini, mazkur kanal orqali bugungi kunda qo‘shni tuman va mahallalarga ham sifatli biogomus mahsulotini yetkazib berayotganligini qayd etdi.

Yosh tadbirkor bilan uchrashuvda  Kengash Apparat rahbari A.Ernazarov partiya maqsad va vazifalari yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda ishtirokini yanada faollashtirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni hayotga tadbiq etishiga ko‘maklashish hamda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga amaliy yordam berishdan iboratligini  aytdi. Tadbir ishtirokchilari orasida partiya a’zolari va a’zolikka qabul qilingan yoshlarning borligi ham bu kabi uchrashuvlarning ta’siri kattaligini e’tirof etdi.

Tadbir yakunida tadbirkor va ishtirokchilarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+