Deputat bepul tibbiy ko‘rik tashkilladi

02.02.2022, 16:59

Deputat bepul tibbiy ko‘rik tashkilladi

O’zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Feruza Madaliyeva tashabbusi bilan jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi "Oqariq" va "Sohibkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 

Tibbiy ko‘rikda 35 nafarga yaqin ayollarga xotin-qizlar o‘rtasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va sog‘lom ovqatlanish borasida keng targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va ularga zarur tibbiy maslaxatlar berish yuzasidan tor doiradagi mutaxassislar jalb etilib, tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tadbir yakunida xotin-qizlarga “Sog‘lom avlod” xayriya jamg‘armasi tomonidan bepul dorilar tarqatildi.

Sh.To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi.

  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+