Deputatlar mahallada jinoyatchilikni oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlarni o‘tkazdi

07.02.2022, 15:00

Deputatlar mahallada jinoyatchilikni oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlarni o‘tkazdi

2022 yil 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat, tuman-shahar Kengashlarining qo‘shma sessiyasida viloyat hokimi X.Bozarov tomonidan viloyatda qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyat holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mahalliy Kengash deputatlari huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda mahallalarda fuqarolarga jinoyat ko‘chasiga kirib qolmaslik, farzandlar tarbiyasiga doimo mas’uliyat bilan yondashish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Belgilangan vazifalarni ijrosi doirasida Quva tumanida qonun ustivorligini ta’minlash, jinoyat holatlariga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida O’zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputalari huquqni muhofaza qilish organlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda mahallalarda aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

Unda fuqarolarga kundalik hayotlarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi, jinoyat holatlarining oldini olish, o‘zaro munosabatlarda kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish tushunchasiga amal qilish, ma’naviyatga katta e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Tuman mahallalarida ko‘chama-ko‘cha tashkil qilinayotgan bunday suhbatlar davom etmoqda.

Sh.To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi.

  • Ko'rildi
    226
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+