Deputat amaliy ishlar nazoratiga kirishdi

18.02.2022, 17:18

Deputat amaliy ishlar nazoratiga kirishdi

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Alisher Ro‘ziyev Uzun tumanidagi “Yangiyo‘l” hamda “Do‘stlik” mahallalarida bo‘lib, dastlab hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

So‘ngra, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, ayni paytda mahallalar ko‘chalariga tosh to‘kilib, tekislanyapti, asfalt to‘shash ishlari olib borilayapti. Deputat ayni ushbu amaliy harakatlarning sifatli yoki sifatsiz bajarilayotganini o‘rgandi. Qolaversa, mahallaga yangi o‘rnatilgan simyog‘ochlarga elektr simlari tortish jarayonini ham kuzatdi. O’sha yerda xizmat qilayotgan elektr tarmoqlari xodimlari bilan suhbatlashdi, ularning ish unumiga, sifatiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, deputat hududda yashovchi aholining tomorqasini ham ko‘rib chiqdi. Ayni bahor mavsumi oldidan tomorqalarda nimalar yetishtirilayotgani bilan qiziqdi. Misol uchun, Ulug‘bek Pardayev xonadonida tomorqasining 12 sotix joyiga issiqxona qurib, 135 tupda limon  yetishtirmoqda. Bu yilgi hosil 8 tonna bo‘lganini, undan yaxshigina daromad ko‘zlayotganini tadbirkor suhbat jarayonida aytib o‘tdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    483
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+