"Bunyodkor ayollar" loyihasi doirasida besh nafar ayollar o‘zini o‘zi band qildi

21.02.2022, 17:30

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi "Ayollar qanoti" tomonidan "Bunyodkor ayollar" loyihasi doirasida Farg‘ona tumani Vodil MFYda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratildi. Hududdagi Nasibaxon Umrjonova o‘z xonadonida o‘zini o‘zi band qilish maqsadida tikuvchilikni yo‘lga qo‘yib, hozirda 15 nafar shogirdi bor. Davra suhbati ayni shu xonadonda tashkil etildi.

Davra suhbatida ayollar ko‘p qavatli uylar o‘rtasida bo‘sh turgan joyda mo‘‘jazgina tikuvchilik sexini ochish taklifini o‘rtaga tashladilar. Mahalladagi hokim yordamchi Elyorjon Jo‘rayev bu borada tegishli tartibda maslaxat berdi va amalga oshirish uchun harakat qilishini ta’kidladi.

Davra suhbati davomida yana besh nafar ayollar ham aynan Nasiba opa Umrjonova singari o‘z xonadonida o‘zini o‘z band qilish uchun qadam tashladilar.

Sh.Tolipova,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

bo‘lim mudiri.

  • Ko'rildi
    406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+