Deputat o‘z saylov okrugida o‘rganishlar olib bordi

25.02.2022, 15:19

Deputat o‘z saylov okrugida o‘rganishlar olib bordi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okrugi hududlarida bo‘lib fuqarolarning turmushi, yashash sharoiti, ehtiyoji, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni atroflicha o‘rganmoqda. Aytish mumkinki, ushbu uchrashuvlar davlat idoralarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ko‘rinishi sifatida keng jamoatchilik e’tiborini tortayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashev, deputat yordamchisi D. Alimova hamrohligida bir guruh partiya faollari hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘zdan kechirish jarayonida nafaqat ularning faoliyati bilan tanishishni, muammolariga yechim topishga ko‘maklashishni maqsad qildilar.

Xalq noibi dastlab, Paxtaobod tumanidagi “Shovpuq” MFYda bo‘lib aholini yashash sharoiti, o‘y-tashvishlari,  fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarining ta’minlanganligi, ta’lim muassasalari, tadbirkorlik sub’ektlarida bo‘lib mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Deputat tumanda yangi qurilib, foydalanish uchun  topshirishga tayyor  150 o‘ringa mo‘ljallangan “Beg‘ubor Bibisora” nomli MTTda bo‘lib, tadbirkor Rahimberdi Sodiqov bilan uchrashdi. Muloqotlar chog‘ida xalq noibi  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarning mazmun – mohiyati, parlament faoliyati hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida o‘z saylovchilariga axborotlar berdi.

Xalq noibi Paxtaobod tumandagi “Oltin mato” MChJga tashrif buyurib, tadbirkor bilan uchrashdi, ularning muammolari hamda takliflarini tingladi. Ushbu muammo va takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlarga vazifalar berildi.

  • Ko'rildi
    300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+