Deputat mahalladagi muammolarni o‘rgandi

25.02.2022, 17:10

Deputat mahalladagi muammolarni o‘rgandi

“9-Andijon” saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Deputatligiga saylangan Umidaxon Zokirova mahallalarda saylovchilar bilan uchrashdi. 

Xalq noibi dastlab Andijon shaxridagi “Yorboshi” MFY da saylovchilar bilan muloqot o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda so‘z olgan deputati U.Zokirova  xotin -qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida qabul qilingan Qonunlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda ayollar tomonidan berilgan savollarga mutassadilardan yetarlicha  javoblar oldilar. 

Xalq vakili “Yorboshi” MFYda yashovchi fuqarolarning muammolari yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Mazkur mahalla hududdagi eng katta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, qariyb 6 ming 274 nafarga yaqin aholisi bor. 1145 ta xonadonda istiqomat qiluvchi oilalar yashash tarzi, bandligi, turmush farovonligi bilan boshqa mahallalar ahli vakillariga namuna bo‘lib kelmoqdalar. Xotin-qizlar hamda  yoshlarning bandligini ta’minlash, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlarini yuritish bo‘yicha ibratli tadbirlar olib borilayotgani quvonchli, albatta. Deputat ushbu mahalla ahli faollari, mutasaddilar bilan samimiy suhbatlasharkan, hamisha ularga yelkadosh, hamfikr bo‘lishligini ta’kidladi.

Deputat mutasaddilarga mahallaga bolalar maydonchasi, mahalla guzari, sog‘lomlashtirish markazlari va aholi salomatligi uchun xizmat qiladigan oilaviy poliklinika o‘ta zarurligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mahallamizdagi 38-sonli umumta’lim maktabi uchun faollari zali, oshxona, sport maydonchasi juda zarur. Mazkur muammoning yechimini ham deputat o‘z nazoratiga oldi.

  • Ko'rildi
    621
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+