Xonqalik yoshlar issiqxona faoliyati bilan tanishdi

28.02.2022, 16:54

Xonqalik yoshlar issiqxona faoliyati bilan tanishdi

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Mahorat darslari” Xonqa tumanida ham tashkil qilindi.

 “Shirin” mahallasida istiqomad qilayotgan Qudrat Qurbonboyev issiqxonasida mahalla yoshlari ishtirokida o‘tkazildi.

- Bugungi kunda issiqxonalar ancha ommalashib ketgan, o‘zimiz oilamiz uchun va mahallamiz fuqarolari uchun limon, rediska, pomidor va ko‘katlar yetishtirish bilan shug‘ullanaman. 3 sotix maydonga ekilgan poliz ekinlarini oila a’zolarim bilan birgalikda parvarish qilamiz. Oila a’zolarimizning 5 nafarini shu issiqxonada band qilganmiz, - deydi tadbirkor Qudrat Qurbonboyev.

Shuningdek, bu yerga tashrif buyurgan yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, tadbirkorlik va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini ochib beruvchi foydali yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Tadbir yakunida yoshlarga tadbirkorlikning issiqxona yo‘nalishi bo‘yicha biznes boshlashdan daromad olishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga qamrab olgan uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Shaxnoza Yakubova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    768
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+