Karmanada 43 ta mahallaning yoshlar yetakchilari O’zLidePga a’zo bo‘ldi
01.03.2022, 16:55
Bugungi yoshlar ertangi kunning bunyodkorlaridir. Shu ma’noda yoshlar o‘z o‘rnida o‘zlarining siyosiy o‘rnini ham egallamoqlari, siyosiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari kerak.
Karmana tumanidagi 43 ta mahallaning yoshlar yetakchilari bir ovozdan O’zLiDePga xayrixohlik bildirib, partiya a’zoligini qabul qilishdi.
-Yoshlar bugun juda katta kuch. 43 nafar yoshlar yetakchilarining bir maslakka birlashishi, bir g‘oya va bir maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishi quvonarli hol. Karmanada bir yo‘la 43 yoshlar yetakchisiga partiyaga a’zolik guvohnomasining topshirilishi haqiqiy tantanaga aylanib ketdi, -deydi O’zLiDeP Navoiy viloyati hududdiy partiya tashkiloti yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri B.Yo‘ldoshev.
Mahallalardagi yuzlab yoshlarni o‘z ortidan ergashtirib, yorqin kelajakka yo‘naltirish ortida mamlakat siyosatiga uyg‘oqlik masalalasi ham mavjud bo‘lib, yetakchilarning ma’lum bir partiyani qo‘llab-quvvatlashi, tashviqot jarayonlarida o‘sha partiya bilan uzviy aloqalarda bo‘lishi muhim strategik ahamiyatga ega.
Buni chuqur anglagan karmanalik yoshlar yetakchilari a’zolik guvohnomalari va ko‘krak nishonlarini o‘zgacha bir ehtirom bilan qabul qilishdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring