Sayyor qabulda 3 nafar xotin-qiz “Shoxi so‘zana” MChJga ishga joylashdi

03.03.2018, 15:10

Sayyor qabulda 3 nafar xotin-qiz “Shoxi so‘zana” MChJga ishga joylashdi

Namangan tumani Mallaxovuz maxallasida yashovchi Maxsuma Nusraliyeva anchadan buyon ishsiz. Tikish bichish sirlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan Maxsuma tumandagi bir nechta tikuvchilik korxonasiga ish bo‘yicha murojaat qildi. Lekin shu vaqtga qadar uning murojaati ijobiy hal etilgani yo‘q.   

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘lim tomonidan shu xududda tashkil etilgan  sayyor qabuldan so‘ng uning orzusi ro‘yobga chiqdi. Partiya faollari tashabbusi bilan  u “Shoxi so‘zana” MChJga ishga joylashdi.

- Bugungi qabulda ko‘p yillardan buyon hal bo‘lmay kelayotgan masalaga ijobiy yechim topildi, - deydi  M. Nusraliyeva. - Ochig‘i, murojaatim bunchalik tez hal bo‘ladi deb, o‘ylamagandim. Buning uchun O‘zLiDeP faollaridan minnatdorman.

Muloqotlar davomida toza ichimlik suvi, elektr va gaz o‘tkazish, qishloq vrachlik punktlari, maktabgacha ta’lim muassasalari qurish hamda ishsizlik bo‘yicha qilingan murojaatlarning aksariyatiga shu yerning o‘zida bartaraf etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar esa tegishli deputatlik so‘rovlari yuborilishi orqali xal etilishi belgilab olindi.

Ta’kidlash kerak, sayyor qabulda shuningdek, bandlik masalasi bo‘yicha murojaat qilgan Muyassar Davronova va Dilshoda Anvarovalar ham Namangan tumanidagi “Shoxi so‘zana” MChJga  ishga joylashtirildi.

Muzaffar To‘xtasinov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1354
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+