Matonatlilar qutlandi

09.03.2022, 16:58

Matonatlilar qutlandi

Ayol — jamiyat gultoji, mehr va muhabbat timsolidir. Dunyoning hech bir joyida o‘zbek ayolidek tong otguncha bedor beshik tebratadigan, farzandi uchun tandirda shirin kulchalar yopadigan, bolasining ko‘zmunchog‘ini ko‘ziga suradigan mehribon, kuyunchak ona bo‘lmasa kerak. Binobarin, ayolni e’zozlash, unga oila tayanchi, millat tarbiyachisi sifatida ehtirom ko‘rsatish bugun davlat siyosati darajasida qaralayotgani ham bejiz emas.

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan ham viloyat Kengashidagi deputat ayollarni hamda partiya safida xizmat qilayotgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda dastavval, davlat rahbari tomonidan bu yil xotin-qizlarimiz uchun beriladigan qator imtiyozlar og‘riq nuqtamizga aylanib ulugrgan muammolarga yechim topgani haqida aytib o‘tildi. Xususan, ayol tadbirkorlar safi kundan kunga kengayib borayotgan bir vaqtda davlat rahbari bu harakatni yanada jadallashtirish niyatida 6 oy davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan xotin-qizlarga 300 million so‘m, 2 yillik faoliyatga ega xotin-qizlarga esa 1 milliardgacha, 3 yillik faoliyatga ega tadbirkor ayollarga 2 milliardgacha imtiyozli kreditlar ajratish taklifini bildirgani ta’kidlandi. Ayniqsa, doktoranturada o‘qish uchun xotin-qizlarga har yili 300 tadan maqsadli kvota, davlat boshqaruvi akademiyada o‘qishi uchun esa 100 ta kvota ajratilishi ilm o‘rganishga ahd qilgan olima qizlarimiz uchun ham yana bir qulaylik bo‘lgani e’tirof etildi.

So‘ng, tadbirga jam bo‘lgan bir guruh deputat xotin-qizlar hamda faollar bayram bilan qutlanib, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+