Ishchi guruh faoliyati: Partiya ko‘magida ayollar huquqlari tiklandi

15.03.2022, 16:10

Ishchi guruh faoliyati: Partiya ko‘magida ayollar huquqlari tiklandi

2022-2026 yilarga mo‘ljallangan O’zbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasida 69-maqsad: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga doir masalalar keltirib o‘tilgan.

O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Namangan shahar “Ishga marhamat” monomarkazida xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida “Ayollar huquq va erkinliklari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari S.Gapparova davlatimiz tomonidan  hotin-qizlar uchun yaratib berilayotgan imtiyozlar haqida tushuncha berdi. Savdo-sanoat palatasi Namangan shahar bo‘limi mutahassisi M.Otaboyev tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha bepul o‘quv amaliy kurslarini tashkil etish, imtiyozli kreditlar va lizing ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha tushuntirildi.

Namangan shahar bandlikka ko‘maklishish markazi mutahassisi Z.Parpiyev xotin-qizlar uchun ajratilayotgan subsidiyalar haqidagi savollarga javob berdi. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Namangan viloyat hududiy boshqarmasi rahbari N.Raximjanova xotin-qizlar o‘rtasida zo‘ravonlikni oldini olish, oilalarda hotin-qizlarning o‘rni haqida gapirib, markazga murojaat qilayotgan ayollar hayoti, huquqlarini yaxshi bilmasliklari haqida misollar keltirib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida 2 nafar ayollarning ishsizlik muammolari, 1 nafar ayolni subsidiya olish masalasi hamda 3 nafar ayollarning imtiyozli kredit olish masalasi ijobiy yechim topdi.

  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+