Gul yetishtirish ilmini egallagan ayol tadbirkor
17.03.2022, 17:04
Bugun tadbirkor ayollarimiz safi ko‘paymoqda. Bu ham bo‘lsa, ularga o‘z biznesini boshlashlari uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar sharofati bilan. Termiz shahridagi “Jo‘yijangal” mahallasida yashovchi Sayyod Shomurodova ham ana shunday g‘ayratli tadbirkorlardan.
Ayni paytda "Termiz Original" MChJ ga rahbarlik qiladi. Bir necha yillardan beri issiqxonada gul yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi. Oz‘LiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi "Ayollar qanoti" va Termiz shahar Kengashi apparat rahbari Sayyod Shomurodovaning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Uning issiqxonasida bo‘lishib, o‘stirilayotgan gullarni ko‘zdan kechirishdi.
"Bir tomorqa — bir mahsulot" loyihasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor issiqxonada oilaviy mehnat qilishadi. Qolaversa, shu mahallada yashovchi xotin-qizlarni ham mavsumiy ishlarga jalb etishadi.
Suhbat jarayonida tadbirkorning tajribasini boshqa xotin-qizlarga ham o‘rgatish, ularni ham o‘z tomorqalarida mana shunday issiqxonalarda foydali mehnat bilan band bo‘lishlariga ko‘maklashish lozimligi aytildi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
Fikringizni qoldiring