O'zLiDeP faollari Mo‘ynoq ko‘chalarini obod bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shmoqda
05.04.2022, 13:37
Joriy yilning 2 fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida "Yashil makon" umummilliy loyihasini davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib, 1 martdan yurtimiz bo‘ylab "Yashil yillik" umummilliy loyihasi joriy qilindi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda boshlangan va ayni kunlarda qizg‘in tusga kirgan "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tuman va shahar Kengashlari, deputatlar va partiya faollari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Ushbu xayrli ishlarda Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi "G’arbiy Davlat korxonasi" direktori, O'zLiDeP saylangan Xo‘jayli tuman Kengashi deputati Abdulla-Aziz Matchanov, korxona xodimlari va partiya faollari Mo‘ynoq tumanini yashil makonga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mazkur loyiha doirasida 200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
Fikringizni qoldiring