Deputat saylovchilarni “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi

21.04.2022, 14:41

Deputat saylovchilarni “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Qobiljon Dadaboyev xalq bilan doimo muloqotda bo‘lish va ularning murojaatlari bilan ishlash hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida saylov okrugi hududidagi “Ijodkor” mahallasi aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida aholi vakillariga 2022 yil “Obod mahalla” dasturi asosida “Ijodkor” mahallasida amalga oshiriladigan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, dastur doirasida mahallada 5 km ichimlik suvi, 6,7 km elektr va 2 ta yangi transformator punkti, 0,5 km gaz, 0,7 km ichki irrigatsiya tarmog‘i, 3 km optik tolali aloqa tarmog‘i qurish va 2,5 km yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. 

Uchrashuv davomida hududni rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yaxshilash bo‘yicha takliflar ham o‘rganildi.

Ishsiz aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida deputat boshqarib kelayotgan kompaniya tarkibidagi “Art Sof Tex” va “Art Soft Ceramics” ishlab chiqarish korxonalariga ishga taklif etildi.

  • Ko'rildi
    486
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+