Xorazmda investitsiyaviy loyihalar va davlat aktivlarni xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

21.04.2022, 14:53

Xorazmda investitsiyaviy loyihalar va davlat aktivlarni xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat, Urganch shahar Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari va Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab deputatlar 2022 yil 1-chorakdagi investitsiya loyihalarining hamda 2022 yil viloyatda amalga oshirilishi belgilangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi loyihalarning viloyatdagi ijrosi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ismailovning axboartini eshitdi.

Xorazm viloyatida 2022 yilda tasdiqlangan investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 6,4 trln.so‘m bo‘lgan 698 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 15 268 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-mart oylarida umumiy qiymati 125,5 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 68 ta loyihalar amalga oshirildi va 446 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Viloyatda o‘zlashtirilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar asosan Turkiya va Xitoy davlatlaridan kirib kelmoqda.

Yig‘ilish davomida bog‘dorchilik va issiqxonachilikda yetishtirilayotgan  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni yo‘lga qo‘yish va paxta hom ashyosini qayta ishlash orqali tayyor mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport salohiyatini oshirish borasida hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar borligi ularni bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar xususida ham ma’lumotlar berildi. Deputatlar tomonidan xududlardagi turli tadbirkorlarning muammolari o‘rtaga tashlandi va hamkorlikda mazkur muammolarni yechish va tadbirkorga yengillik yaratish borasida ham o‘zaro fikr mulohazalar bildirildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining o‘tgan va joriy yildagi faoliyati ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning dastlabki 4 oyida 73,4 mlrd.so‘mlik 20 ta davlat aktivlari sotilishi ta’minlangan. Joriy yilda 374,5 ming kv.m dan ortiq bo‘sh maydonlarni ijaraga berish natijasida 923 ta, jami 7, 7 mlrd.so‘mlik ijara shartnomalari rasmiylashtirildi. Buning natijasida jami 2, 2 mlrd.so‘m ijara to‘lovlari undirilib, 990 ta ishchi o‘rinlari tashkil etildi.

Bundan tashqari 275 ta davlat ob’ektlari “E-auksion” elektron savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 109 tasi o‘tkazilgan auksion savdolarida ijaraga berilgan, qolgan 166 ta davlat ob’ektlari bo‘yicha savdolar davom etmoqda.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yerlarni xususiylashtirish va ijaraga olish tartibi bo‘yicha kengroq tushunchalar berish va Urganch shahridagi kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlarning mulklarni xususiylashtirish borasidagi muammolarini hamkorlikda ijobiy hal qilish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    351
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+