Kosonsoyda aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

22.04.2022, 15:18

Kosonsoyda aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bo‘limi boshlig‘i Oxunov Islomjon 2022 yil 1- chorak bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra tumanda 2022 yil aholi bandligini ta’minlash  bo‘yicha dastur qabul qilingan. Joriy yilning yanvar-mart oylarida tuman markazga 1331 nafar fuqaro murojaat etgan, ularning 792 nafari iqtisodiyotning turli sohalariga doimiy ishga joylashtirilgan. Kasb- hunarga ega bo‘lmagan yoki kasbini o‘zgartirishni xohlagan 208 nafar ishsiz fuqarolar turli kasb-hunarga o‘qitish uchun yuborilgan.

Yig‘ilish davomida deputatlar aholi bandligini ta’minlash borasida ayrim muammolar borligi, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish kerakligini ta’kidlashdi.

  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+