Deputat tashabbusi bilan “Art Soft Holding” kompaniyasida talabalar uchun biznes tur tashil etildi

22.04.2022, 15:20

Deputat tashabbusi bilan “Art Soft Holding” kompaniyasida talabalar uchun biznes tur tashil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4 mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan deputatlar boshqarib kelayotgan “Art Soft Holding” kompaniyasida Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari uchun Biznes tur tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida talabalar xolding kompaniya tarkibidagi “Art Soft Tex” ishlab chiqarish korxonasining ip-kalava tayyorlash, momiq sochiqlar to‘qish, ularni bo‘yash, tikish va qadoqlash jarayonlari bilan tanishishdi.

Korxona mutaxassislari tomonidan ularga kompaniya misolida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va uni samarali faoliyat olib borishini ta’minlash yo‘nalishlari amaliy misollar bilan tushuntirib berildi.

- Bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishim, menda tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarimni yanada orttirdi, - deydi institut bitiruvchisi Yoqubjon Maxmudov. - Biz uchun korxonada tashkil etilgan biznes uchrashuvi o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishish uchun o‘qishimiz, izlanishimiz va harakat qilishimizni o‘rgatdi.

Albatta bu kabi amaliy tadbirlar yoshlarga kasbga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish bilan birga, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    521
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+