Deputat nuroniylar va bemorlarga mehr-muruvvat ko‘rsatdi

05.05.2022, 12:22

Deputat nuroniylar va bemorlarga mehr-muruvvat ko‘rsatdi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, "Art Soft Holding" MChJ direktori Qobiljon Dadaboyev saylov okrugi xududidagi keksa-nuroniylar, nogironlar, bemorlar va ehtiyojmandlar holidan xabar oldi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan muhim vazifalar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Keksalarimiz bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalar aytib, mamlakatimizda "Inson qadrini ulug‘lash" maqsadida amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdorliklarini bildirib, yurtimiz tinchligi va turmushimiz farovonligini Yaratgandan so‘rab duolar qilishdi.

Okrug hududidagi 61 nafar keksa-nuroniylar va bemorlarga bayram sovg‘alari tarqatildi.

  • Ko'rildi
    457
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+