Deputat rahbarligidagi meva - sabzavot klasteri birinchilardan bo‘lib sifatli o‘rik eksportini boshladi

06.05.2022, 15:32

Deputat rahbarligidagi meva - sabzavot klasteri birinchilardan bo‘lib sifatli o‘rik eksportini boshladi

Deputat rahbarligidagi meva - sabzavot klasteri Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, BAA, Koreya, davlatlariga mavsumda birinchilardan bo‘lib sifatli o‘rik eksporti boshlab yuborildi.

Ma’lumki Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Anvarxon Qodirov Pop tumanida yillar mobaynida dashtlikdan iborat bo‘lgan, samarasiz yotgan yerlarda intensiv bog‘ yaratib, innovatsion texnologiyalar joriy etilgan va “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ushbu yaroqsiz holatdan yashil maskanga aylantirilgan maydonga 4 ta quduq qazilib, 102 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan Ispaniya davlatidan keltirilgan ertapishar, hosildor o‘rik, shaftoli, na’matak navlari ekildi.

Hozirda 450 nafar mavsumiy 45 nafar doimiy ishchi o‘rni yaratgan “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri bu yilgi mavsum davomida o‘rikning o‘zidan 600 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilishni rejalashtirilgan.

  • Ko'rildi
    324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+