Deputat maktab o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazdi

06.05.2022, 15:44

Deputat maktab o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Murotxon Djurayev tashabbusi bilan Yashnobod tumanidagi 255-, 251-, 61- hamda 282-sonli umumta’lim maktablarida "Deputat bo‘laman”, "Deputatga murojaat" mavzularida insho yozish bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Keyingi bosqichda tanlov g‘oliblari aniqlangach eng yaxshi insho yozgan o‘quvchilarga mukofotlar berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuv chog‘ida deputat Murotxon  Djurayev "deputat" so‘zining ma’nosi va mazmun-mohiyati, deputat faoliyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berdi.

Tadbir savol-javoblarga boy bo‘lib ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Darhaqiqat, deputatlarimiz tomonidan yosh avlodga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularni bilim darajalarini yanada boyitish, kasb-hunarlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va yoshlarni kelgusida har tomonlama yetuk, bilimli insonlar bo‘lib yetishishiga o‘zlarini kamtarona hissalarini qo‘shmoqdalar.

  • Ko'rildi
    864
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+