Deputat ko‘magida ehtiyojmand oilaning uy-joyi ta’mirlab berildi

11.05.2022, 15:14

Deputat ko‘magida ehtiyojmand oilaning uy-joyi ta’mirlab berildi

Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashi deputati Jonibek Ziyayev o‘z saylov okrugiga qarashli "Tinchlik" mahallasida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazgan edi.

Ushbu sayyor qabulda mazkur mahallaning "Navoiy" ko‘chasida yashovchi, “Ayollar daftari”da ro‘yxatga kiritilgan fuqaro Esan Julmatova uy-joyini ta’mirlashga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaati o‘rganib chiqilib, Xalq deputatlari Qorovulbozor tuman Kengashi deputati J.Ziyayev homiyligida va O’zLiDeP Qorovulbozor tuman Kengashi faollari ko‘magida ushbu murojaatchining uy-joyini ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

  • Ko'rildi
    408
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+