12-Yalang‘och saylov okrugidan saylangan deputat saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi
12.05.2022, 10:09
Shu kunlarda Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari o‘zlari saylangan okruglarida saylovchilar bilan muloqotlar o‘tkazyapti. Yuzma-yuz muloqotlarda deputatlar aholi tomonidan bildirilgan takliflarni, muammolarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamoliddin Meliboyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Xabib Abdullayev", "Shaxriobod" va "Bog‘imaydon" mahalla fuqarolari bilan jonli muloqot qildi. Uchrashuvda asosan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan qarovchisi bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, shuningdek, uzoq muddatdan beri betob bo‘lib yotgan nochor fuqarolar, surunkali kasallikka chalingan, dori-darmonga muhtoj oilalar, jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun yetarlik mablag‘i bo‘lmagan nochor oilalar o‘z murojaatlari bilan qatnashdi.
Deputat ushbu yo‘nalishdagi muammolarni tinglar ekan, qilingan barcha murojaatlar o‘z yechimini topish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mutasaddi tashkilotlar vakillari bevosita ishtiroki ta’minlandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar tegishli tashkilotlar orqali hal qilish choralari ko‘rildi.
Deputat uchrashuvda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan keksa nuroniylar, betob bo‘lib yotgan fuqarorlarimiz xonadoniga tashrif buyurib, ular bilan dildan suhbatlashdi, muammo va takliflarini tingladi.
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring