Shayxontohurlik eng faol ishbilarmon ayol 45 nafar ishsiz xotin-qizlarni o‘qitib bandligini ta’minladi

23.05.2022, 15:39

Shayxontohurlik eng faol ishbilarmon ayol 45 nafar ishsiz xotin-qizlarni o‘qitib bandligini ta’minladi

“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Shayxontohur tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan qatnashdi. Hakamlar har bir tadbirkor ayollarning ish faoliyati, mahsulotlari, ish o‘rin yaratganligi, partiya dasturi va g‘oyalarini targ‘ib qilishdagi faolligi kabi jihatlariga e’tibor qaratgan holda baholab borishdi.

Mazkur tanlovning Shayxontoxur tuman bosqichida 3-o‘rinni “INDI tekstil” korxonasi rahbari Indira Raximova, 2-o‘rinni Raxmatullayeva Maxmuda, “Yangi obod” MFYda ayollar daftariga kiritilgan  45 nafar ayolni o‘qitib hozirgi kunda ish bilan ta’minlagan va yanada faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan tadbirkor ayol “Go‘zal liboslar” korxonasining raxbari Go‘zal Sadriddinova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Endilikda tadbirkor ayol Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    496
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+