Partiya vakillari “Zarafshon bo‘rdoqichilik” MChJ faoliyati bilan tanishdilar
06.06.2022, 17:40
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov uchrashuvlari davomida Qiziltepa tumanidagi “Zarafshon bo‘rdoqichilik” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur MChJda bugungi kunda 1000 dan ortiq qoramollar, 6000 ming boshdan ortiq bo‘rdoqiga boqilayotgan qo‘ylar arzon va sifatli go‘sht mahsulotlari bilan viloyat va tuman aholisini ta’minlab kelmoqda. Shuningdek faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida Prezidentimizning 2020 yil 2 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “O’zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi” qarori asosida “Zarafshon bo‘rdoqichilik” MChJ negizida “Qiziltepa qorako‘lchilik klasteri” MChJ tashkil etildi. Klasterda hozirda biriktirilgan 127 xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ikkilamchi shartnomalar tuzildi, ular tasarrufidagi 61 950 ming bosh mayda shoxli mollar parvarishlanib, qorako‘lchilik tarmog‘ini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
Eng quvonarlisi “Zarafshon bo‘rdoqichilik” MChJda 2011 yildan bo‘yon partiyaning quyi bo‘g‘ini faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, partiya g‘oyalarini targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatib kelmoqda.
Suhbat davomida partiya yetakchisi korxonada amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni yuqori baholab, ushbu jamoada yillar davomida shakllantirilgan o‘zaro ahillik va sadoqat e’tirofga loyiqligini alohida ta’kidladi. Kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan qimmatli tavsiya va takliflarini berib o‘tdi.
O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring