Deputatlar ko‘magida 217 nafar ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlandi
06.06.2022, 17:46
Saylovoldi dasturida aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish masalasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tomonidan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Ayni shu maqsadda deputatlar asosiy e’tiborni o‘zlari boshqarib kelayotgan “ART SOFT HOLDING” kompaniyasi tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish va yangi loyihalarni amalga oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashga qaratmoqda.
Birgina joriy yilning o‘tgan may oyi davomida 217 nafar ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kompaniya tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida doimiy ish bilan ta’minlandi.
Aholini ish bilan ta’minlash orqali ularning oylik daromadga ega bo‘lishi va moddiy ahvolini yaxshilanishiga erishilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring