Yashnobodlik ishbilarmon ayol 50 nafar ishsiz xotin-qizlarni ishli qildi
08.06.2022, 14:22
“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik tanlovining Yashnobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi ishbilarmon, tadbirkor xotin-qizlar o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishdi.
“Ko‘rik tanlovning Yashnobod tuman bosqichida 3-o‘rinni Karimova Maloxat, 2-o‘rinni Urunova Malika, 1- o‘rin sohibasi Yo‘ldosheva Arofat g‘olib deb topildi. Yo‘ldosheva Arofat opa “Ayollar daftari”ga kiritilgan 50 nafarga yaqin ayollarni bandligini ta’minlab, ko‘plab oilalarning xonadonlariga daromad olib kirilishiga sababchi bo‘lmoqda. Kelgusida faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan tadbirkor ayol qo‘g‘irchoqlar ishlab chikarishdan tashqari sumkalar va oyoq kiyimlarni ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring