O’zLiDeP lideri: olimlar, talabalar ham Konstitutsiya takomillashtirilishida faol qatnashishi lozim

09.06.2022, 11:12

O’zLiDeP lideri: olimlar, talabalar ham Konstitutsiya takomillashtirilishida faol qatnashishi lozim

Qariyb ikki haftadan buyon partiyamizning hududiy va mahalliy tashkilotlari, quyi bo‘g‘inlarimiz, deputatlik birlashmalarimiz O’zbekiston Konstitutsiyasi takomillashtirilishining ahamiyati, zarurati, shuningdek, Asosiy qonunni isloh qilish bo‘yicha taklif, tavsiyalar olishga bag‘ishlangan  tadbirlar o‘tkazyaptilar.

Shu kungacha ana shu dolzarb mavzu bo‘yicha joylarda 400 dan ortiq muloqot tashkil qilindi. 20 mingdan ziyod elektoratimiz vakillari qatnashgan mazkur tadbirlarda 512 ta taklif bildirildi.

O’zLiDeP lideri bu muhim jarayonga rahbarlik qilish asnosida talay tadbirlarda bevosita qatnashayotgani, konstitutsiyaviy islohot mazmun-mohiyatini tushuntirayotgani e’tiborga molik.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda ham ishtirok etdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar   qatnashgan,   jonli, samimiy tarzda o‘tgan davra suhbatida  A.Xaitov Bosh qomusni isloh qilish zaruratini yuzaga keltirgan omillar, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilishining ulkan ahamiyati, afzalliklari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi.   O’zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgani, Asosiy qonunni takomillashtirish tashabbusi bilan chiqqan O’zLiDeP Konstitutsiyani isloh qilish bilan bog‘liq jarayonlarda faol qatnashayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bosh qomusimizda amalga oshiriladigan barcha o‘zgarishlarning tub mohiyatida yotadigan asosiy g‘oya “Inson qadri uchun” shiorida o‘zining yaqqol aksini topganligini bildirdi. Olimlar, talaba yoshlar ham Konstitutsiya takoimllashtirilishi jarayonida faol qatnashishi kerakligini ta’kidladi. 

Muloqotda bir qancha takliflar o‘rtaga tashlandi. Xususan, iqtidorli yoshlar ayrimlarining moddiy imkoniyatlari cheklanganligi  inobatga olinib, bunday yigit-qizlarga har qanday o‘quv yurtida ta’limni uzluksiz davom ettirish imkonini kafolatlab qo‘yish taklifi ilgari surildi.  Tadbir ishtirokchilari mazkur g‘oyani ma’qulladi.

Partiya lideri ishtirokchilar savollariga batafsil javob qaytardi.  

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+