“Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi

24.06.2022, 16:05

“Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga qaratilgan 69-maqsadda xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida  mahorat darsi tashkil etildi.

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tashkil etilgan mazkur mahorat darslari Viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan hamkorlikda tashkil etilib, asosan “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarga o‘z kasblari bo‘yicha hamda erishayotgan yutuqlari to‘g‘risida fikr almashilib, mahorat darsi so‘ngida partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yosh xotin-qizlarga a’zolik guvoxnamalari topshirildi.

Marxabo Chuliyeva,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+