Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbirlar davom etyapti
28.06.2022, 14:47
Xorazm viloyat Qo‘riqlash boshqarmasida O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi bilan hamkorlikda konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda so‘z olgan partiya viloyat kengashi raisi Islom Fayzullayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyatini tadbir ishtirokchilariga yetkazdi hamda bosh qomusimizga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilar “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarurligi, ya’ni, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerakligi bosh qomusimizda o‘z aksini topayotgani alohida e’tirof etildi.
Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan qator takliflar xususida ham so‘z yuritilib, mazkur takliflar nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Asosiy Qomusimizning dunyodagi eng mukammal va xalqimiz orzu istaklari ro‘yobini ta’minlovchi Konstitutsiyaga aylantirishga xizmat qilishini e’tirof etishdi.
Nasiba Vaisova,
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
Jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
-
Deputat mahalladadagi yettilik faoliyatini o‘rgandi
27.04.2024, 16:34
-
Shofirkonlik mohir tikuvchi “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga yo‘llanma oldi
27.04.2024, 16:32
Fikringizni qoldiring