Partiya quyi bo‘g‘inlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

15.07.2022, 17:04

Partiya quyi bo‘g‘inlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

O'zLiDeP Samarqand tuman Kengashi tarkibidagi Navobod nasilli parranda korxonasi qoshidagi BPTda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Boqiyev, O’zLiDeP Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi raisi X.Urakov hamda partiya Samarqand tuman Kengashi mas’ullari, xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputatlari ishtirok etib, mavzu doirasida ma’ruza qilishdi.

Tadbirda Konstitutsiyaning 53-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida to‘xtalarkan, Konstitutsiyamizning milliy iqtisodiy tizimning asoslarini belgilovchi mazkur moddasining amaldagi tahririda davlatning iqtisodiy tizimdagi ishtirokiga doir asos soluvchi qoida nazarda tutilmagani masalasiga e’tibor qaratdi. Davlat iqtisodiyot tarmoqlarining va hududlarning uyg‘un holda rivojlantirilishi uchun shart- sharoitlar yaratadi, shuningdek iqtisodiy resurslarning adolatli ravishda taqsimlanishiga alohida urg‘u berdi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgarishlarida Davlat iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, halol erkin raqobatni, barcha mulk shakllari huquqiy jihatdan teng ravishda muhofaza qilinishi ta’kidlandi.

Tadbirda ishtirok etgan deputatlar va BPT faollari ham Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Jaxongir Xujamkulov,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+