Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tadbirkorlar ishtirokida ham muhokama qilinyapti
15.07.2022, 17:07
Sayxunobod tumani “Ulug‘bek” kichik korxonasida faoliyat yuritib kelayotgan BPTda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.
O’zLiDeP deputati Oybek Niyazov konstitutsiyaviy islohotlar zamirida inson qadrini ulug‘lash maqsadi mujassamligini, "Inson — jamiyat — davlat" strategiyasi pirovard maqsad qilib olinganini ta’kidladi.
Shuningdek, Konstitutsion islohotlarning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, undagi bob va moddalarga kiritilayotgan o‘zgarishlar fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini yanada mukammal ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar konstitutsion komissiyaga taqdim qilish uchun yozib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring