BPTlarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi qizg‘in davom etmoqda
21.07.2022, 17:04
O’zLiDeP Toshkent shahar va Mirobod tuman Kengashlari hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ qoshida ochilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti hamkorligida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Erkin Zaxidov, Sanjar Xamidullayev, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi xodimlari, deputatlar, partiya faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratishdi
Asosiy qonunimizda inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga, «O’zbekiston — ijtimoiy davlat» degan tamoyilni mustahkam qaror toptirishdagi huquqiy zaminni yanada kuchaytirishni ta’minlaydi. Shuningdek, O’zbekistonda erkin va adolatli fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga, insonparvar, demokratik huquqiy davlat barpo etishga yordam beradi. Darhaqiqat, bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Tadbir ishtirokchilari o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring