O’zLiDeP deputatlari zominlik tadbirkorga faoliyatini qayta tiklashda amaliy yordam ko‘rsatmoqda

01.08.2022, 12:01

O’zLiDeP deputatlari zominlik tadbirkorga faoliyatini qayta tiklashda amaliy yordam ko‘rsatmoqda

Jizzax viloyat Kengashi tomonidan viloyatda qulay investitsiya muhiti hamda kichik va o‘rta biznes yuritishning huquqiy asoslarini yaratish, korrupsiyaning oldini olish, tadbirkorlikning yo‘liga g‘ov bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

O’zLiDeP  faoli Muhabbat Amanova nafaqat Zomin tumanida, balki Jizzax viloyatida ham taniqli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Uning rahbarligida 2021 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan  “Zominobod tomorqa” ko‘p tarmoqli mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli  tikuvchilik sexida 30 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan edi.

Shuningdek, jamiyat xodimlari 50 gektar suvli yerda gul va ko‘chat yetishtirish bilan ham shug‘ullanishayotgan edi. Afsuski, turli xil sabablar bilan tadbirkor faoliyatida uzilishlar ro‘y bergan.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi va xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi deputatlik guruhidan iborat ishchi guruh  tadbirkor faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni to‘liq o‘rganib chiqishdi. Hozirda, “Zominobod tomorqa” MChJ faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deputatlar va O’zLiDeP  faollari tomonidan amaliy choralar ko‘rishga kirishildi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    544
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+