Partiya yetakchisi ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashdi

02.08.2022, 11:25

Partiya yetakchisi ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashdi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan  O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida institutning pedagog o‘qituvchilari, talaba yoshlar va partiyaning faollari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri S.Turmanov, Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Q.Nurimbetov, institutning o‘qituvchilari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda asosan mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ayniqsa har bir sohani isloh etish borasida olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida olib borilayotgan ishlar, siyosiy kuch sifatida O’zLiDePning g‘oyaviy maqsad va vazifalari,   faoliyati bo‘yicha ham atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda partiya yetakchisi mamlakatimizda keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, har bir sohadagi o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash maqsadiga yo‘naltirilgan O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish jarayoni joriy yilning 1 avgust kuniga qadar davom etganligini, shuningdek, o‘zgartishlar sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, ta’limni rivojlantirish, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolik jamiyati institutlarining maqomini va ekologik muhofaza kabi masalalarni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari Qonunchilik palatasida qonunlarni qabul qilishda  siyosiy partiyalarning roli kuchayganligi, qonun loyihalarini partiyalarning fraksiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi  yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllanganligini qayd etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan tegishli javoblar olishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    375
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+