Partiya yetakchisi Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi

03.08.2022, 17:05

Partiya yetakchisi Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi  raisi Aktam Xaitov Qoraqalpog‘iston Respublikasining tumanlariga tashrifi davomida dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashib, muammo va takliflarini o‘rgandi. 

Uchrashuvlari davomida partiya yetakchisi qishloq ho‘jalik sohasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish, dala va tomorqalarda yetishtirilayotgan hosilning sifatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida Xo‘jayli tumanidagi “Samanko‘l” OFY hududidagi “Shukurullayeva Tolg‘anay” fermer xo‘jaligida tashkil qilingan seminarda qatnashdi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ham ishtirok etdi.  

Seminarda partiya rahbari davlatimiz rahbarining joriy yilning 27 iyul kungi paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishdan kelib chiqib belgilab berilgan ustuvor vazifalar, so‘nggi yillardagi iqlim o‘zgarishlari paxtachilik oldiga yangi vazifalar  qo‘yayotganligi, barcha hududlarda amalga oshirish bo‘yicha “dolzarb 30 kunlik” e’lon qilinganligini, hozirgidek havoning anomal issiq paytida hosilni saqlab qolish, yerdan unumli foydalanish bo‘yicha kerakli tavsiya va maslahatlarini aytib o‘tdi.

Keyingi manzil Beruniy tumanidagi “Shabboz” OFY hududidagi Yakubov Jonibek fermer ho‘jaligi bo‘ldi.  

Aktam Xaitov, tuman hokimi A.Saparbayev, sektor rahbarlari va sohaga tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan dala seminarida dolzarb 30 kunlik tadbirning mazmun-mohiyati va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar tushuntirildi. Tomorqadan unumli foydalanib, uzumchilikni yo‘lga qo‘ygan Beruniylik tomorqachilar ish faoliyati namuna sifatida ko‘rsatildi.

Seminar ishtirokchilari bog‘bonning tomorqasini ko‘zdan kechirib hosil bilan ham tanishdi.

Keyingi manzil “Beruniy tekstil invest” MChJ bo‘lib, bu yerda paxtani tola holatiga hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayon amalga oshiriladi. 2021-2022 yilgi dasturga 900 million dollarlik investitsiya kiritilgan bo‘lib, Turkiya va Yaponiya davlatlari hamkorligidagi “Juki” kompaniyasidan 540 ming dollarlik tikuv mashinalari o‘rnatildi.

 Loyiha qiymati 15.5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Loyiha ishga tushirilishi bilan 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. “Beruniy tekstil invest” korxonasi  tomonidan 2022  yilning olti oyi davomida 6 million 107 ming dollarlik ip kalava mahsulotlari Xitoy va Turkiya davlatlariga eksport amalga oshirilgan.

Spiker o‘rinbosarining tumanlarga tashrifi To‘rtko‘l tumanida ham davom etdi. Partiya yetakchisi tumandagi faol yoshlar bilan chorvachilik kompleksi va kuniga 40 ming dona tuxum chiqarib turgan parrandachi tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida ularning kelgusi reja va maqsadlari, faoliyatini  yanada kengaytirish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+