Deputatlar ko‘magida Sharq tongi mahallasining suv tarmog‘i yangilanmoqda

10.08.2022, 15:58

Deputatlar ko‘magida Sharq tongi mahallasining suv tarmog‘i yangilanmoqda

Deputatlik saylovchilar oldidagi juda katta mas’uliyatdir. Deputat hamisha xalq bilan birga bo‘lishi, xalq dardi bilan yashashi, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilishda fidoyilik ko‘rsatmog‘i lozim.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlarning saylovoldi dasturlarida ham aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli ravishda hal etishga ko‘maklashish asosiy vazifalardan etib belgilangan.

Ayni shu maqsadda Namangan shahrining Sharq tongi mahallasidagi keksa nuroniylar tomonidan mahallaning ichki ko‘chalaridagi eskirgan suv tarmog‘ini yangilashda amaliy yordam so‘rab bildirilgan murojaat joyiga borib o‘rganildi. O’rganish davomida mahallaning Samarqand ko‘chasi o‘tish yo‘li va 7-berk ko‘chalaridagi suv tarmog‘i trubasining yorilishi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bilan birgalikda, hayot manbai bo‘lgan toza ichimlik suvini isrof bo‘lishiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.

Mazkur holatni tez fursatlarda bartaraf etish maqsadida deputatlar tomonidan zudlik bilan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilib, 600 metr suv trubasi deputatlar mablag‘i evaziga beg‘araz yetkazib berildi.

- Mahallamiz aholisi deputatlarimiz faoliyatidan hursand. Boisi ularga bildirgan xar bir murojaatimizga ijobiy yondoshib, hal etishga yordam berishmoqda, - deydi mahalla fuqarosi Shavkatmirza Xojimirzayev. Suv tarmog‘ini yangilash borasidagi bildirgan murojaatimiz bo‘yicha ham amaliy yordam berishdi. Bu bilan bir necha yillik muammoimiz hal bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    530
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+