Mustaqillik – eng oliy ne’mat

16.08.2022, 10:56

Mustaqillik – eng oliy ne’mat

Beruniy tumanidagi “Yoshlar” markazida O’zbekiston Respublikasi  mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" mavzusida tuman XTBga qarashli 72 ta umumiy o‘rta talim maktablarining direktorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O'zLiDeP Beruniy tuman Kengashi apparat rahbari  R.Yuldasheva, DIK tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi J.Urazaliyev, DXX xodimi X.Xuddiyev, tuman bosh imomi N.Yusupov, tuman Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi V.Tureniyazov, tuman  XTB mudiri A.Xudaybergenovlar ishtirok etdi.

Tadbirda mustaqillik tufayli respublikamizda amalga  oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarga, xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor, ko‘rsatilayotgan g‘amxurliklar, tinchlik  qadri, millatlararo totuvlik, "Inson qadri  uchun"  ulug‘vor  g‘oyasi  asosida  amalga oshirilayotgan bunyodkorlik  ishlari,  davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona tinchlik siyosatiga insonlar qalbidagi shukronalik hissi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risida masalalar muhokama  qilindi.  

Tadbirda  O’zLiDeP  Beruniy  tuman Kengashi apparat rahbari, deputat R.Yuldasheva o‘z so‘zida mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati  bilan  barcha  yig‘ilganlarni  tabriklab, bo‘layotgan  o‘zgarishlar, qilinayotgan barcha ishlar inson  qadr-qimmatini ulug‘lashga qaratilganligi, barchamiz mustaqilligimizni asrab-avaylashga tish tirnog‘imiz bilan kurashishimiz, qadriga yetishimiz kerakligini aytib  o‘tdi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+