Xorazmning eng ilg‘or ishbilarmon ayollari aniqlandi

18.08.2022, 17:17

Xorazmning eng ilg‘or ishbilarmon ayollari aniqlandi

 Xorazmda “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori asosida “Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovining hududiy Respublika bosqichi o‘tkazildi.

2016 yildan boshlab o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov doirasida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etgan xotin-qizlar soni jami ming  nafardan oshdi.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi doirasida 13 ta tuman, shahar bosqichlari tashkil etilib, tanlovda faol ishtirok etgan 700 nafar tadbirkor, fermer, hunarmand, ishlab chiqarish sohasi vakillaridan iborat xotin-qizlardan 13 nafari tanlovning xududiy Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Dastlab tadbirkor va fermer ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkor, ishbilarmon, hunarmand, fermer xotin-qizlarning mahsulotlari ko‘rik-tanlov ishtirokchilarida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, Mustaqillikka bo‘lgan shukronalik hissini uyg‘otdi. Tanlov jarayonida ishtirokchi xotin-qizlar faoliyatini baholashda tanlov nizomiga asosan hakamlar hay’ati tomonidan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha yangi ish o‘rni yaratganligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb bo‘yicha o‘qitgani, bandligini ta’minlagan va hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida ko‘maklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish bilan birga zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratgani, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida e’tiborga olindi.

Ishbilarmon ayollarning chinakam bayramiga aylangan mazkur tadbir davomida ayolni, Vatanni, istiqlolni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov yakuniy xulosasiga ko‘ra 1-o‘rinni Xonqa tumani "Xonqa chorva kapital" MChJ rahbari Nilufar Mahmudova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2- o‘rinni   Urganch tumanidagi "Azamat o‘g‘li Asadbek" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi  rahbari Muyassar Quryazova hamda 3-o‘rin Xiva shahardagi yakka tadbirkor Gulnoza Atajanovalarga nasib etdi.

Shuningdek, “Zamonaviy tashabbuskor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol”, “Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol”, “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” kabi nominatsiyalar bo‘yicha  ham g‘oliblar aniqlandi. G’oliblarga va faol ishtirokchilarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Musharraf Raximova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    462
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+