Deputatlar “Toza hudud” DUK Zomin tuman filiali boshlig‘ining hisobotini eshitdilar

22.08.2022, 17:02

Deputatlar “Toza hudud” DUK Zomin tuman filiali boshlig‘ining hisobotini eshitdilar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining  ijrosi yuzasidan “Toza hudud” DUK Zomin tuman filiali boshlig‘i Akbar Eshonqulovning hisoboti eshitildi.

Mutasaddi o‘z hisobotida, “Toza hudud” DUK Zomin tuman filiali 24 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 129 608 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Viloyat hokimining 2020 yil 31 dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan chiqindilarni chiqarish  uchun aholiga oylik bir odam uchun 3200 so‘m, xo‘jalik sub’ektlariga qo‘shimcha  qiymat solig‘isiz 1 m3 uchun 42000 so‘m, 1 tonnasi uchun  948000 so‘m miqdorida xizmat haqqi belgilangan.  Hozirgi kunda “Toza xudud” DUK Zomin tuman fililalida 72 ta ish o‘rni mavjud. Afsuski, oylik maoshining kamligi sababli, chiqindi ortuvchi shtatlarga odam jalb qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Yana bir muammo - aholidan ko‘rsatilgan xizmatlarga pul undirish masalasi bo‘lib, bu holat filial faoliyatining boshqa jihatlariga ham salbiy ta’sir qilmoqda.

 Shuningdek, jismoniy shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun ommaviy shartnomalar tuzilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95 sonli qarorining 16 bandiga asosan qattiq maishiy chiqindilar chiqindi to‘plash shaxobchalaridan bir kunda bir marotaba, yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida – uch kunda bir marotaba olib chiqib ketilmoqda.

Har kuni 11 ta maxsus transport texnika vositalari aholi xonadonlaridan va yuridik tashkilotlardan o‘rtacha 60-70 tonna chiqindilarni tuman maishiy chiqindi poligoniga olib chiqmoqda.

Yig‘ilish davomida mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan deputatlar, sohadagi mavjud muamolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirib o‘tdilar. Mazkur muammolarni deputatlik nazoratiga olib, partiyaviy vositalar bilan bartaraf etish chora tadbirlari ham belgilab olindi.

Primqul Nurmatov,

O`zLiDeP Zomin tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    716
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+