Ellikqal’alik yoshlar uchun tadbirkorlik sub’ektlariga sayohat tashkil qilindi

13.09.2022, 16:12

Ellikqal’alik yoshlar uchun tadbirkorlik sub’ektlariga sayohat tashkil qilindi

 Yurtimizda tadbirkorlik azaldan xalqimiz uchun xos bo‘lgan va jamiyatda yuksak qadrlangan. Hozirgi kunda tadbirkorlik sohasi kasb bayrami sifatida o‘tgan yildan boshlab belgilanib kelinmoqda.  

 O’zLiDePning bosh vazifasi xususiy tadbirkorlik, kichik biznes  va  fermerlik harakatini, ayniqsa, ularning shakllanishi bosqichida qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishdan iborat.

O’zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi tomonidan yoshlarni  tadbirkorlikka kengroq jalb etish, yosh tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlab bugungi kunda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman yoshlari uchun “Bo‘ston - optimal” MChJ ga sayohat tashkil qilindi.

Korxona rahbari J.Jabbarov yoshlarga o‘z faoliyatini boshlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi,  biznes loyiha, kredit olish va bozorni o‘rganish bo‘yicha yoshlarga o‘z tajribasidan  kelib  chiqib, maslahat va tavsiyalar berdi.

Sayohat davomida yoshlar korxonada ishlab chiqarilayotgan  mahsulotlar sifati, xoridorbopligi, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan  yaqindan  tanishdi.

 Tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot davomida yoshlar tadbirkorlik sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+