Namanganda yaqinda ish boshlagan kichik sanoat zonasida yoshlar sayohat qilishdi

15.09.2022, 12:30

Namanganda yaqinda ish boshlagan kichik sanoat zonasida yoshlar sayohat qilishdi

O’zLiDeP Namangan viloyat va shahar Kengashi hamkorligida Namangan  shahridagi “Barkamol avlod kichik sanoat zonasi”da o‘z faoliyatini boshlagan “Mono Pulita” (“Moxir qo‘llar”) nomli korxonada yoshlar ishtirokida muloqot tashkil etildi.

Ishtirokchilar mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxonada Turkiya texnologiyasi asosida 40 dan ortiq erkaklar poyafzali ishlab chiqarilmoqda. U yerda 100 narfarga yaqin ishchilar va o‘ttizga yaqin usta-shogirdlar borligini ta’kidlash joiz.

Hozirda mazkur kichik sanoat zonasida 48 ta loyiha tashkil qilingan bo‘lib, o‘z faoliyatini olib borishyapti.

Ishtirokchi yoshlar kichik sanoat zonasida ish boshlagan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishar ekan, u yerda yaratilgan sharoitlar katta qiziqish uyg‘atdi va kasb-hunar o‘rganish yoki ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun doimo eshiklari ochiq ekanligi bildirildi.

  • Ko'rildi
    322
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+