Ishchi guruh faoliyati: Samarqand tumanidagi chorvachilik faoliyati o‘rganildi

26.09.2022, 17:57

Ishchi guruh faoliyati: Samarqand tumanidagi chorvachilik faoliyati o‘rganildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyati hamda Samarqand tuman Kengashlari, tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, tuman Veterinariya bo‘limi bilan hamkorlikda Samarqand tumanidagi "Chorva sut servis" fermer xo‘jaligida amaliy seminar tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ushbu soha tarmoqlarini yanada kenga     tirish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Prezidentimizning 2022 yil 8 fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu sohani yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Unga ko‘ra ozuqa bazasini yetishtirish uchun sug‘oriladigan yer maydonlari yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan tumanlarda go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan iste’mol talabini to‘liq qondirish maqsadida kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish kabi barcha imtiyozlar qo‘llanilmoqda. Samarqand tumanida bugungi kunda 42 ta chorvachilik yo‘nalishida fermer xujaliklari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 14 tasi naslchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklaridir.

"Chorva sut servis"  fermer xo‘jaligi 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab Germaniya, Gollandiya va Avstriya davlatlaridan 150 bosh naslli chorva mollari olib kelindi, bugungi kunda ularning soni 400 boshdan oshdi. Mazkur fermer xo‘jaligida 20 nafardan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, 70 gektar yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotari yetishtirilyapti.

Shu bilan bir qatorda A.Gulyamov rahbarligidagi fermer xo‘jaligi tomonidan mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish uchun birinchi navbatda ishsizlikni kamaytirishga o‘z hissasini qo‘shib, joriy yilning birinchi choragida 7 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlari ish bilan ta’minlanishiga erishildi. Shuningdek korxonada ishga olinganlar yoshlarga “Uztoz-shogird” an’anasida ko‘p yillik tajribaga ega xodimlar biriktirilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Seminar davomida mazkur fermerning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Jahongir Xo‘jamqulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    292
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+