Quyi bo‘g‘inlar faoliyatini yanada jonlantirishga e’tibor qaratilmoqda

26.09.2022, 18:04

Quyi bo‘g‘inlar faoliyatini yanada jonlantirishga e’tibor qaratilmoqda

Nishon tumanidagi “AVTO CENTER DIAGNOSTIKA” xususiy korxonasi boshlang‘ich tashkilotida tumandagi quyi bo‘g‘inlar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov, tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash  bo‘limi bosh konsultanti, boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash guruhi rahbari Xurshida Xolmo‘minova, Nishon tuman kengashi raisi Sherzod Jo‘rayevlar so‘zga chiqishib, Yangilanayotgan O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlar berayotgan ulkan samaralar, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash, partiyaning dasturiy maqsadlarini keng targ‘ib qilish borasida quyi bo‘g‘in faollari tomonidan olib borilayotgan g‘oyaviy-siyosiy va tashkiliy-partiyaviy ishlar haqida so‘z yuritildi.   

- Tumanimizda 7026 nafar partiya a’zolari bo‘lib, ular 83 ta  boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan qamrab olingan, -deydi O’zLiDeP Nishon tuman kengashi raisi Sherzod Jo‘rayev. – O’tgan davr mobaynida partiya quyi bo‘g‘inlarini faoliyatini jonlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Eng namunali BPTlarda tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarlarda aynan quyi bo‘g‘inlarga ko‘mak berish, yetakchilarning siyosiy bilim va malakasini oshirish amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. BPTlar tomonidan tashkil etilayotgan yig‘ilish va davra suhbatlarida mamlakatimiz va jahon siyosiy maydonida ro‘y berayotgan  yangiliklar, Yangi O’zbekistonimizda “Inson qadri” g‘oyasi ostida qilinayotgan olamshumul o‘zgarishlar, partiyaviy loyihalar haqida so‘z yuritiladi. 

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti navbatdagi sammitidagi Prezidentimizning ma’ruzasining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot  berildi. Tashkilot tarixida misli ko‘rilmagan darajadagi mazkur katta xalqaro siyosiy-diplomatik tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim va dolzarb tashabbuslar ShHTning tinchlik va barqaror rivojlanish borasidagi maqsad va manfaatlariga to‘la mos kelishi, ShHT Davlat rahbarlari kengashining Samarqand deklaratsiyasi esa tadbirning bosh yakuniy hujjati bo‘lganligi alohida ta’kidlandi.  

Tadbir so‘ngida jamiyatning bir guruh xodimlariga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    190
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+